15:00 / 05.03.2020
12049
Reklama

Agrobank tomonidan ta'lim muassasalari qo‘llab quvvatlanmoqda

Foto: Agrobank

Agrobank aksiyadorlik tijorat banki poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan, bank tomonidan otaliqqa olingan 212-sonli umumta'lim maktabida innovatsion faoliyatni va ta'lim dasturlarini innovatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirishga ko‘maklashish borasida ilk ishlar boshlab yuborildi.

Boshqaruv raisi Rustam Mamatqulov ta'lim muassasasiga tashrif buyurib, o‘quv jarayonlari va moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida mazkur umumta'lim maktabi binosini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta'mirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, ta'lim maskanining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, jihozlash, jumladan kutubxonalarni yangi adabiyotlar bilan boyitish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbusini amalga oshirish va bu yo‘nalishda o‘tkaziladigan tadbirlarga homiylik qilish borasida yaqindan hamkorlikda ish olib borish maqsadida ushbu ta'lim maskani rahbariyati bilan kelishib olindi.

Bu kabi ijobiy umumxalq harakatiga aylanayotgan tashabbuslar maktablarning infratuzilmasini takomillashtirishga va ta'lim sifatini oshirishga va albatta, kelajagimiz davomchilari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarga ulkan imkoniyatlar eshiklarini ochayotganligi bilan ham ahamiyatli bo‘lmoqda.

Sayt: www.agrobank.uz

Telegram: t.me/AgrobankChannel

Instagram: @Agrobank_uz

Facebook: fb.com/AgrobankUzbekistan

«Agrobank» ATB matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top