01:28 / 05.03.2020
0
15526

Filipp Kirkorovning 87 yoshli otasi qidiruvga berildi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiyada sud pristavlari mashinada tezlikni oshirganlik uchun jarimani to‘lamagan 87 yoshli Bedros Kirkorovni qidirishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ta'kidlanishicha, gap rossiyalik qo‘shiqchi Filipp Kirkorovning otasi haqida bormoqda.

«RIA Novosti» bergan xabarga ko‘ra, Bedros Kirkorov umumiy qiymati 6 ming rublni tashkil qiluvchi 8 ta jarimani to‘lamagan. Jarimalardan 6 tasi Novgorod oblastida, ikkitasi Moskva oblastidagi qoidabuzarliklar uchun yozib berilgan. 

Nashrning ta'kidlashicha, Bedros Kirkorov sud pristavlari federal xizmati bilan nizoga borishni istamasa, “sud pristaviga murojaat qilishi” taklif qilingan.

Qariyaga yozib berilgan jarimalardan oxirgisi 14 fevral bilan sanalangan, qolganlari esa 2019 yilga tegishli.

Ta'kidlanishicha, qariya jarimani to‘lamasa, haydovchilik guvohnomasidan va mamlakatni tark etish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, Bedros Kirkorov Novgorod oblastida o‘z xo‘jaligiga ega bo‘lib, Moskvadagi turli tadbirlarga borishni va yuqori tezliklarni yaxshi ko‘radi. U Lexus RX270 mashinasida harakatlanadi. 

Bedros Filippovich Kirkorov arman millatiga mansub Bolgariya, sobiq ittifoq va Rossiya qo‘shiqchisi hisoblanadi. U Bolgariya va Rossiya xalq artisti unvonlariga ega. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top