23:01 / 05.03.2020
1
36704

Putin va Erdo‘g‘anning muzokarasi olti soatdan ortiqroq davom etdi – Idlib bo‘yicha kelishuvga erishildi

Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, tomonlar juma kuni soat 00.00dan boshlab Idlibda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishga kelishib olgan.

Foto: RIA Novosti

Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi olti soatdan ortiqroq davom etgan muzokara yakuniga yetdi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Putin va Erdo‘g‘an uch soat yuzma-yuz suhbatlashgan, so‘ngra ularning suhbatiga delegatsiyalar ham qo‘shilgan.

Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, tomonlar juma kuni soat 00.00dan boshlab Idlibda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishga kelishib olgan.

U shuningdek, Rossiya bilan kelishilgan holda Idlibga Turkiyaning qo‘shimcha kuchlari jo‘natilganini ma'lum qildi.

Moskvaga tashrifi oldidan Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Vladimir Putin bilan muzokaralardan so‘ng Idlibda o‘t ochish to‘xtatilishini kutayotganini aytgandi.

Mavzu
Idlib mojarosi
2019 yil dekabrida Suriya armiyasi Idlibni to‘liq egallash uchun yurish boshladi. Turkiya esa Suriya shimolidagi ittifoqchilarini himoya qilish uchun bu hududdagi kuzatuv postlariga minglab harbiylarini jo‘natdi va ikki tomon o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y bera boshladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top