11:09 / 05.03.2020
0
6981

Ukraina hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi

Ukrainaning yangi bosh vaziri Denis Shmigal yangi hukumatda Aleksey Goncharuk hukumatida ishlagan bir necha kishinigina saqlab qolishga qaror qildi. Ular orasida ichki ishlar vaziri Arsen Avakov bor.  

Foto: Anna Marchenko/TASS

Ukraina oliy radasi Shmigal boshchilik qiladigan yangi hukumat tarkibi uchun ovoz berdi.

Ta'kidlanishicha, yangi hukumatda avvalgisidan 3 vazirgina qolgan. Bular ichki ishlar vaziri Arsen Avakov, adliya vaziri Denis Malyuska va infratuzilma vaziri Vladislav Krikliy. Shuningdek, axborotlashtirish masalalari bilan Mixail Fyodorov shug‘ullanishda davom etadi, u bosh vazir o‘rinbosari lavozimida qoldi.

Bundan tashqari, sobiq tashqi ishlar vaziri Vadim Pristayko hukumatda qoladi, u yevrointegratsiya masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallaydi.

Tashqi ishlar vaziri lavozimini Dmitriy Kuleba, mudofaa vaziri lavozimini Andrey Taran egalladi.   

Shuningdek, ijtimoiy siyosat vaziri etib Marina Lazebnaya, moliya vaziri etib Igor Umanskiy, yoshlar va sport vaziri etib Vadim Gutsayt tayinlangan. 

Bundan tashqari, okkupatsiya qilingan hududlarning reintegratsiyasi masalalari bo‘yicha vazir lavozimini Aleksey Reznikov, faxriylar ishlari bo‘yicha vazir lavozimini Sergey Bessarab, sog‘liqni saqlash vaziri lavozimini Ilya Yemets, vazirlar mahkamasi vaziri lavozimini Oleg Nemchinov, avval Shmigal egallagan jamoalar va hududlarni rivojlantirish vaziri lavozimini Oleg Nemchinov egallagan.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top