21:25 / 06.03.2020
0
9199

Afg‘onistonda bosh vazir ishtirokidagi marosimda uyushtirilgan hujum oqibatida 30ga yaqin kishi halok bo‘ldi

NATOdagi manba halok bo‘lganlar soni ancha ko‘pligini – 30dan ortiq kishi halok bo‘lgani, 42 kishi jarohatlanganini, ulardan 20 nafarining ahvoli og‘ir ekanligini bildirgan.

Foto: AP

Afg‘oniston poytaxtida mamlakat bosh vaziri Abdulla Abdulla ishtirokidagi marosimda uyushtirilgan hujum oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi. TOLO News telekanali mamlakat ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berishicha, yana 61 kishi jarohatlangan.

Avvalroq Reuters agentligi mujohidlar yetakchisi Abdulla Ali Mozoriyning vafotiga bir yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda kamida 27 kishi halok bo‘lganini xabar qilgandi.

O‘z navbatida NATOdagi manba halok bo‘lganlar soni ancha ko‘pligini – 30dan ortiq kishi halok bo‘lgani, 42 kishi jarohatlanganini, ulardan 20 nafarining ahvoli og‘ir ekanligini bildirgan.

Otishma Afg‘oniston sobiq prezidenti Karim Xaliliyning so‘zga chiqishi vaqtida boshlangan. Afg‘oniston bosh vaziri voqea joyini zudlik bilan tark etgan.

Xabar qilinishicha, "Tolibon" harakati ushbu voqeaga aloqadorligini rad etgan.

Avvalroq Afg‘oniston milliy xavfsizlik kengashi vakili Javid Faysal toliblar tinchlik kelishuvi shartini buzganini aytgandi.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top