13:33 / 06.03.2020
0
4859

Sirdaryoda fuqaroga temir qaychi bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs ushlandi

Sirdaryoda og‘ir tan jarohat yetkazish holati qayd etildi, jinoyat quroli - temir qaychi

2020 yilning 22 fevral kuni taxminan soat 21:00larda 30 yoshli B.K. Yangiyer shahri Alisher Navoiy ko‘chasida o‘zaro janjal oqibatida 42 yoshli A.T.ning qorin qismiga temir qaychi bilan urib tan jarohati yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada A.T. shifoxonaga yotqizilgan. Sudga oid ekspertizaning 28.02.2020 yilgi xulosasiga ko‘ra, A.T. “og‘ir” tan jarohatlari olgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyer shahri IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismi «ye» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va B.K. protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top