18:34 / 07.03.2020
1
6316

Afg‘oniston prezidenti toliblar bilan muzokaralarga tayyorligini bildirdi

Foto: Hedayatullah Amid/EPA

Fevral oxirida AQSh toliblar bilan tinchlik kelishuvini imzoladi. Kelishuvda xususan, Afg‘onistonda o‘zaro tinchlik muzokaralarini boshlash va asirlarni almashtirish zarurligi aytilgan.

Afg‘oniston hukumati 10 martda "Tolibon" harakati bilan muzokaralar jarayoniga tayyor bo‘ladi, dedi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani.

"Afg‘oniston Islom respublikasi o‘rnatilgan tamoyillarga asoslanib toliblar bilan muzokaralarni boshlashga tayyor", - deya G‘anining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda EFE agentligi.

U muzokaralar uchun delegatsiya a'zolari ro‘yxati o‘ninchi mart sanasiga tayyor bo‘lishini aytdi.

Shu bilan birga G‘ani toliblarning asirlikdagi besh mingta jangarisini ozod etishni talab qilishlariga hali erta deb hisoblashini aytdi.  

Fevral oxirida AQSh toliblar bilan tinchlik kelishuvini imzoladi. Kelishuvda xususan, Afg‘onistonda o‘zaro tinchlik muzokaralarini boshlash va asirlarni almashtirish zarurligi aytilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top