08:22 / 07.03.2020
2
34058

Koronavirus qurbonlari soni 3,5 ming kishiga yaqinlashdi

Xubey provinsiyasida bir sutka ichida 28 kishi vafot etdi. Dunyoda hayotdan ko‘z yumganlarning umumiy soni 3497 nafarga yetdi.

Foto: Ahn Young-joon / AP

Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming kishidan oshdi. Shu bilan birga, Xitoyning materik qismida yangi holatlar soni kamayishda davom etmoqda.

XXR sog‘liqni saqlash komissiyasining ma'lumotlariga ko‘ra, 6 mart kuni mamlakatda koronavirus bilan kasallanishning 99ta yangi holati qayd etilgan, bu avvalgi kunlarga qaraganda 44taga kam. 28 kishi vafot etdi va mamlakatda virus qurbonlari soni 3070 nafarga yetdi. Hayotdan ko‘z yumganlarning barchasi yangi kasallikning tarqalishi birinchi marta qayd etilgan Xubey provinsiyasida yashovchilardir.

Shuningdek, Xitoy rasmiylarining xabar berishicha, so‘nggi bir sutkaning o‘zida 1678 kishiga kasalxonadan javob berildi, 4873 kishi esa karantindan chiqarildi.

SCMP hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoning barcha mamlakatlarida 102 239 odam koronavirusni yuqtirgan. 3497 kishi vafot etdi, 57 623 kishi tuzaldi. Hayotdan ko‘z yumganlar va kasalxonadan chiqarilganlarning aksariyati - Xitoy fuqarolari.

Qurbonlar soni bo‘yicha XXRdan keyin ikkinchi o‘rinda Italiya (197 kishi) turibdi. Keyingi o‘rinlarda Eron (124), Janubiy Koreya (44) va AQSh (17).

Rossiyada so‘nggi bir sutka ichida kasallanishning oltita holati aniqlandi. Mamlakatda ushbu kasallikka chalingan 13 kishi ro‘yxatga olindi.

Bundan oldin, Eronda 50 nafarga yaqin o‘zbekistonlik borligi, TIV ularga tavsiya bilan chiqqani xabar berilgandi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top