23:56 / 07.03.2020
0
13620

Nyu-Yorkda koronavirus bois favqulodda vaziyat e'lon qilindi

Nyu-Yorkda koronavirusga chalinganlar soni bir sutka ichida 21 nafarga oshib, 76 kishiga yetgan, ulardan 10 nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Endryu Kuomo (o‘rtada) / Foto: Darren McGee

Nyu-York hukumati favqulodda vaziyat rejimini joriy etadi, deb ma'lum qildi Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo.

"Men rasman favqulodda vaziyat e'lon qildim, bu bizga ma'lum bir vakolatlarni beradi", - dedi u matbuot anjumanida.

Kuomoning so‘zlariga ko‘ra, favqulodda vaziyat rejimi xaridlarning tezlashtirilgan protseduralarini qo‘llash va koronavirusga qarshi kurashish uchun xodimlar yollashga imkon beradi. U shu bilan birga, aholi uchun koronavirus tahdidi past ekanligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Nyu-Yorkda koronavirusga chalinganlar soni bir sutka ichida 21 nafarga oshib, 76 kishiga yetgan, ulardan 10 nafari kasalxonaga yotqizilgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda 17 kishi koronavirus qurboni bo‘lgan, bemorlar soni 300dan oshgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top