17:15 / 07.03.2020
0
4911

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda inson huquqlari va fuqarolik jamiyati yo‘nalishida beshta loyihani ishga tushirdi 

YeI tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha tanlovlar o‘tgan yilning may-iyun oyida e'lon qilingandi.

Foto: Delegation of the European Union to the Republic of Uzbekistan

Adliya vazirligi, "Yuksalish" umummilliy harakati, shuningdek, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi ko‘magida O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi tomonidan inson huquqlari va demokratiyani ilgari surish, shuningdek, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida yangi loyihalarni amalga oshirishga start beruvchi tadbir tashkil etildi. Tadbirda grant loyihalari vakillari, davlat idoralari ichidan loyihalar bo‘yicha sheriklar, xalqaro tashkilotlar, NNT va OAV vakillari ishtirok etdilar.  

YeI tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha tanlovlar o‘tgan yilning may-iyun oyida e'lon qilingandi. Tanlov natijasida beshta loyiha saralab olindi:  

1. Innovatsiyalar, texnologiyalar va strategiyalar markazi (O‘zbekiston) tomonidan amalga oshiriladigan "O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyasi imkoniyatlarini kengaytirish"; 

2. ACTED (Fransiya) tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan “O‘zbekistonda xotin-qizlar imkoniyatlarini advokatsiyalash, himoyalash va kengaytirish vositasida ayollar huquqlarini ilgari surish uchun fuqarolik jamiyatini mustahkamlash”; 

3 "Yuksalish" umummilliy harakati (O‘zbekiston) tomonidan amalga oshiriladigan “Fuqarolik jamiyati va mahalliy hukumat organlari o‘rtasidagi hamkorlik va innovatsiyalar vositasida shaffof va inklyuziv boshqaruv”; 

4. "ODB BRUSSELS" (Belgiya) amalga oshiradigan "Innovatsion O‘zbekiston"; 

5. "Umumiy asoslarni izlash" tashkiloti (Belgiya) tomonidan amalga oshiriladigan “Mahalliy darajada qarorlar qabul qilishda yoshlar ishtirokini ilgari surish”.

Tadbir davomida loyiha ijrochilari va sheriklari moliyalash va kontrakt tuzishga bo‘lgan asosiy talablar, shuningdek, loyihani amalga oshirish davomida kommunikatsion faoliyat va jamoatchilikning xabardorligini oshirish to‘g‘risida ma'lumot oldilar. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top