22:42 / 09.03.2020
0
19399

Uxanda koronavirusga chalinganlar uchun ochilgan 11 ta shifoxona yopildi

Yangi turdagi koronavirus tarqalish o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Uxan shahrida ochilgan 14 ta vaqtinchalik shifoxonadan 11 tasi yopildi. Bunga ulardagi aksariyat bemorlarga javob berilgani sabab hisoblanadi.

Foto: people.com.cn

Qolgan bemorlar koronavirusga chalinganlar qabul qilinadigan boshqa maxsus shifoxonalarga yo‘llangan.

Epidemiya boshlangandan keyin Xitoydagi bir qator stadionlar va ko‘rgazma markazlari vaqtinchalik gospitallarga aylantirilgan. Bunday shifoxonalardan biri - Tszyaokou tumanidagi shifoxona 1 mart kuni birinchi bo‘lib yopilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar umumiy soni dunyo bo‘yicha 110 ming kishidan oshdi. Ulardan 62 mingi sog‘ayib ketgan, 3800 ga yaqini vafot etgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top