15:47 / 09.03.2020
0
15369

Xitoylik ekspert koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalishi iyun oxirigacha davom etishini taxmin qildi

Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, virus yuqtirganlar soni 109,5 ming kishidan oshgan. Kasallikka chalinganlarning 80 735 nafari Xitoyga to‘g‘ri keladi.

Foto: REUTERS

Koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalishi iyun oxirigacha davom etadi, dedi xitoylik epidemiolog Chjun Nanshan.

"Chegaralarda sanitariya nazoratini kuchaytirish va xorijdagi epidemiya tarqalgan hududlardan keladiganlar uchun keskin karantin siyosatini o‘rnatish zarur", - dedi u.

Dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusiga chalinishlar soni o‘sib bormoqda, deb yozadi South China Morning Post gazetasi. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, virus yuqtirganlar soni 109,5 ming kishidan oshgan. Kasallikka chalinganlarning 80 735 nafari Xitoyga to‘g‘ri keladi.

Butun dunyo bo‘yicha 3816ta koronavirusdan o‘lim holati qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top