23:22 / 10.03.2020
0
21900

Ichki ishlar tizimida rahbarlik lavozimlari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin

10 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida ichki ishlar organlarining tashkiliy tizimini isloh qilish, shu jumladan mamlakat miqyosida va tumanlar kesimida kuch va vositalarni boshqarishning yangi mexanizmlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

«Ichki ishlar organlari boshqaruv tizimidagi qator rahbarlik lavozimlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Bu huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kundalik faoliyatni samarali tashkil etish uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Toshkent shahar ichki ishlar organlari ishining natijalari muhokama qilinib, joriy yilda poytaxtda jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini yanada oshirishning asosiy konseptual yo‘nalishlari to‘g‘risida axborot berildi.

Ushbu yangi tartib ichki ishlar organlari xizmat va bo‘linmalarining o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish, mavjud byurokratiya holatlarini qisqartirish, joylarda shaxsiy tarkibni boshqarish bo‘yicha sifat jihatidan yangi tizimni bosqichma-bosqich yaratish maqsadida joriy etilmoqda», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top