13:28 / 10.03.2020
16665

Mashina ichidagi insonni duduqqa aylantiruvchi Surxondaryodagi abgor yo‘l

Sizga abgor holatidan hikoya qilmoqchi bo‘lganimiz avtoyo‘l – Surxondaryo viloyatining Sherobod va Jarqo‘rg‘on tumanlarini bog‘lab turadi.

U Sherobod shahri va Surxon shaharchasidan o‘tuvchi M39 va M41 xalqaro trassalarni ham bog‘laydi.

Yo‘l bir qarashda qurilganidan buyon ta'mirlanmaganga o‘xshaydi. Ayni kunlarda yo‘lning ahvoli o‘ta abgor.

U shunchalik yaroqsizki, haydovchilar adirdan o‘zlariga yangi tuproq yo‘l ochib olishga majbur bo‘lishgan.

Viloyatdagi mutasaddilar Sherobod – Surxon yo‘lining holatidan xabardormi? Bu darajadagi yaroqsiz yo‘l qachon tartibga keltiriladi?

Mavzu
Kun.uz surishtiruvi
Kun.uz xalq murojaatlari asosida joylarda bo‘lib, muammolarni o‘rganmoqda va xolisona yoritmoqda.
Barchasi
Top