13:35 / 10.03.2020
29953

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish natijasini onlayn bilish mumkin bo‘ldi

Buning uchun pasport seriyasi va raqami kiritilishi kifoya.

Foto: PhotoXpress

Endilikda qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha natijalardan onlayn tarzda xabardor bo‘lish mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus vazirligi ma'lum qildi.

Xabarda aytilishicha, hozirda test rejimida ishlayotgan https://natija.edu.uz/ tizimi yordamida joriy yilning 7 fevralidan 15 fevraligacha ariza bilan murojaat qilgan fuqarolar o‘z natijalarini bilishlari mumkin.

Buning uchun fuqaroning pasporti seriyasi va raqami kiritilishi kifoya.

Tizimda respublika tibbiyot OTMlarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati nazarda tutilmagan.

«Keyinchalik mazkur tizim faoliyati takomillashtirilib, Yagona davlat interaktiv xizmatlar portali orqali mahalliy va xorijiy OTMlardan o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun arizalarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirish rejalashtirilgan», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirishning qo‘shimcha tartiblari belgilangan, OTMlarga berilgan taqsimot ma'lum qilingan edi.

Mavzuga oid
Top