13:00 / 10.03.2020
13001
Reklama

SAFO NUR qurilmasi - foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari

Foto: Safo Nur

Tibbiy asboblar va go‘zallik salonlari ustalarining asboblaridagi viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va endosporalarni sterillash uchun mo‘ljallangan Safo Nur qurilmasi haqidagi maqola chop etilganidan keyin biz ancha faol fidbekka ega bo‘ldik. Bundan tashqari ayrim masalalar, ular yaqqol ekaniga qaramasdan, bizni o‘ylantirishga majbur etdi. Shu bois, biz mazkur maqola doirasida go‘zallik salonlarining bo‘lg‘usi va hozirgi egalari hamda tibbiy klinika yoki tibbiy kabinet ochishga qaror qilgan tadbirkorlar tomonidan tez-tez beriladigan savollarga batafsil javob beramiz.

Biz aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiy klinikalar, xususiy tibbiy kabinetlar, go‘zallik salonlari va boshqa muassasalarni SanPiN talablariga muvofiq jihozlash haqida gapirganimizda, nafaqat xodimlarda oq xalat va har bir xodimda dolzarb tibbiy daftarcha bo‘lishini nazarda tutamiz. Mavjud va yangidan ochilayotgan korxonalar salon ustalari va klinika shifokorlari ishlaydigan asboblarni sterillash uchun tegishli apparatlar bilan ham jihozlanishi zarur.

So‘z tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish chog‘ida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy mayda jarohatlanishdan chiqadigan qon bilan aloqani nazarda tutuvchi xizmatlar haqida borar ekan, asboblarga ishlov berish masalasi eng birinchi o‘ringa qo‘yilishi shart. Tegishli SanPiNda belgilangan qoidalar tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan puxta o‘rganilishi hamda shifokorlar, ustalar va ularning mijozlari hamda bemorlari uchun mo‘ljallangan xavfsiz ishlash normalariga amal qilinishi zarur.

Safo Nur qurilmasi boshqa sterillash apparatlari bilan birgalikda

Klinika yoki tibbiy kabinet ochayotgan tadbirkorlarni tashvishlantirayotgan savollar:

  • Yangidan ochilayotgan klinikalar va kabinetlarga litsenziya olish uchun Safo Nur qurilmasini xarid qilishning o‘zi yetarlimi? 
  • Sanepidnazorat tomonidan savollar tug‘ilmaydimi? 
  • Agar avtoklav va quruq issiq o‘rniga Safo Nur qurilmasining o‘zini xarid qilsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan gap tegishi mumkinmi?
  • Ultrabinafsha nurlatgich lampalari o‘rnatilgan apparatlarda asbob va uskunalarni sterillash mumkinmi?

Bunday savollar birinchi marta tibbiy muassasa ochayotgan tadbirkorlarda paydo bo‘ladi – tajribali tibbiyotchilar sterillash apparatlarini tanlashda asboblar gradatsiyasi zarurligini yaxshi tushunadi. Quyida ularning savollariga javob beramiz.

Boshqa sterillash apparatlari bilan birgalikda degan qoidaga urg‘u beramiz. Avtoklav o‘rniga Safo Nur qurilmasini arzonroq bo‘lgani uchun xarid qilish – bu avval boshidanoq noto‘g‘ri yondashuv. Sterillaydigan apparatni tanlashda narx masalasidan kelib chiqish mumkin emas. Shifokor yoki usta o‘zining kundalik faoliyatida qanday asboblardan foydalanishini asos qilib olish zarur. Asboblarning turli toifalari uchun SanPiN talablariga muvofiq sterillashning muayyan turi mo‘ljallangan bo‘lib, bu masalada bir-birining o‘rnini bosish yaramaydi va bunday bo‘lishi ham mumkin emas.   

Har bir metod — o‘ziga xos va tor maqsadi bo‘yicha afzalliklarga ega. Sterillashning ham fizikaviy, ham kimyoviy metodlari bir xil samarali qo‘llanadi; faqat farqi ushbu metodlarni qo‘llashning o‘ziga xosligida, ular SanPiNda batafsil bayon etilgan.

Dastavval, sterillash apparatini tanlashda foydalaniladigan asboblar va ularni sterillash usullariga aniqlik kiritish lozim. Buni mustaqil ravishda amalga oshirolmayapsizmi? Unda SES inspektori bilan maslahatlashing. Stomatologiya, lor, kosmetologiya kabinetlarining tajribasi bo‘yicha sterillash apparatlarining har xil turlariga ega bo‘lish zarur; bu – SanPiNning normativ talablaridir.

Safo Nur qurilmasi sterillashning kimyoviy usulini amalga oshiradi, umuman olganda esa u asboblarni, xususan termik ishlov berilishi mumkin bo‘lmagan termolabil asboblarni sterillash uchun universal qurilma hisoblanadi. Bunday asboblar uchun sterillashning aynan kimyoviy usuli tavsiya etiladi.

Hozirgi shifokorlar va ustalarda faqat sovuq usulda sterillanishi mumkin bo‘lgan ko‘plab asboblar va materiallar mavjud, avtoklav va quruq issiq esa bunday asboblar uchun tavsiya etilmaydi yoki umuman mumkin emas.

Safo Nur qurilmasi yordamida sterillash shisha, rezina, kauchuk, plastik, silikondan tayyorlangan asboblar va materiallar uchun; kompozit materiallar va turli qotishmalardan tayyorlangan asboblar uchun; po‘latdan tayyorlangan asboblar uchun optimal hisoblanadi. Bunday sterillash asboblarning to‘mtoq bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi, ularning xususiyatlarini saqlaydi.

Agar muassasada faqat Safo Nur qurilmasa bo‘lsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan gap tegishi mumkinmi? degan dolzarb savolga javob beramiz.

Agar muassasangizda qo‘llanadigan asboblar orasida issiq usulda majburiy sterillanishi kerak bo‘lgan asboblar va materiallar bo‘lmasa, Safo Nur qurilmasining O‘ZINI xarid qilish va undan foydalanishning o‘zi yetarli va bunga ruxsat beriladi: ushbu qurilma Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zR Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini tartibga soluvchi hujjatiga muvofiq foydalanishga ruxsat berilgan. Demak, sizga hech qanday e'tiroz bo‘lmaydi.

Beriladigan savollardan yana biri: Ultrabinafsha nurlatgich lampalari o‘rnatilgan apparatlarda asbob va uskunalarni sterillash mumkinmi?

Javob: mumkin emas. Mazkur apparatlar faqat steril asbob va uskunalarni saqlash uchun mo‘ljallangan, SanPiN talablari bo‘yicha ultrabinafsha nurlatgichli appratlarni asbob va uskunalarni sterillash maqsadida qo‘llash qat'iyan man etiladi.

Safo Nur qurilmasi go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar uchun — narx masalasi

Safo Nur qurilmasi go‘zallik salonlari va sartaroshxonalarida asboblar sterilligi bo‘yicha ehtiyojlarni to‘liq qondiradi deyish mumkin.

Salon sohiblari va ustalarining «nega buncha qimmat?» degan savoliga javob beramiz. Safo Nur qurilmasining qiymatini salonning bir kunlik tushumiga tenglashtirsa bo‘ladi. U mijozlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan steril asboblarga doim ega bo‘lish imkoniyati bilan to‘liq o‘zini oqlaydi. Sartarosh 90 daqiqa ichida bir vaqtning o‘zida qaychilar va taroqlarning TO‘RTTA to‘plamini sterillashi mumkin. Manikyur ustasi esa o‘zi ishlaydigan BARChA asboblarni, shu jumladan egovchalar, apparatda manikyur qilish uchun nasadkalar va boshqa termolabil asboblarni sterillashi mumkin. Po‘lat mo‘ychinaklar va qaychilarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Safo Nur qurilmasida sterillash ularga agressiv ta'sir qilmaydi, ishlov berilganidan keyin asboblar o‘zining ishchi xususiyatlarini yo‘qotmaydi, ular o‘tkir va mustahkam bo‘lib qolaveradi. Natijada, Safo Nur qurilmasi asboblarning xizmat muddatini uzaytiradi.

Yuqorida aytilganlarni dalillar bilan mustahkamlaymiz: narxi bo‘yicha eng hamyonbop avtoklav 2,5 baravar qimmat turadi, buning ustiga uning uchun maxsus xona ajratish kerak.

Safo Nur qurilmasi — yaqqol afzalliklari.

Nega Safo Nur qurilmasini xarid qilish manfaatli?

Safo Nur  qurilmasini xarid qilishning afzalliklari nimada?

  • O‘zbekistonda qurilmani ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Qurilmada zamonaviy sifat standartlariga, xususan, ROHS xalqaro sifat standarti talablariga javob beradigan butlovchi materiallardan foydalanilgan;
  • qurilmaning uzoq muddat xizmat qilishi, sterillash jarayonida qo‘llanadigan sterillovchi agentning sarf materiali arzon hamyonbop ekanligi Safo Nur qurilmasidan foydalanishda uni tejamkor qiladi;
  • vaqtni tejaydi: sterillash jarayoni 90 daqiqa davom etadi, boshqa kimyoviy ishlov berish turlariga sarflanadigan vaqt esa bir necha soatni (6-9 soat) tashkil qiladi;
  • xodimlar uchun xavfsiz, foydalanish qulay;
  • keng turdagi (shisha, rezina, kauchuk, plastik, silikon, kompozit materiallar va turli qotishmalardan tayyorlangan) termolabil asboblarni sterillash imkoniyati mavjud;
  • po‘lat yoki qotishmalardan tayyorlangan qimmat asboblarning xizmat muddatini uzaytirishdan ko‘riladigan iqtisodiy manfaat. Asboblar yuqori harorat ostida sterillanganda to‘mtoq bo‘lib qolishi va tezda yaroqsiz holatga kelishi mumkin. Safo Nur qurilmasida avaylab amalga oshiriladigan sterillash jarayoni tufayli asboblar o‘zining ishchi xususiyatlarini uzoqroq saqlaydi. Safo Nur kurilmasi tibbiy personal tomonidan qo‘llashda oson, qulay va alohida maxsus tayyorgarlik talab qilmaydi.

Oddiy misol: pichoqni charxlab, uni issiq suvga solib ko‘ring. U to‘mtoq bo‘lib qoladi. Sovuq suvga solsangiz, pichoq o‘tkirligini saqlab qoladi.

Asboblar sterilizatsiyadan keyin nafaqat steril, balki foydalanishga yaroqli bo‘lishi ham kerak. Asbobning o‘z texnik xarakteristikalarini, masalan, o‘tkirligini yo‘qotishi uni foydalanishga yaroqsiz qiladi. Bu sterillash usuli va qurilmasini tanlashda to‘g‘ri yondashuv zarurligini anglatadi. 

Safo Nur qurilmasining yaratilishi, uning O‘zbekiston va dunyoda rasmiy tan olinishi

Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtirish uchun mo‘ljallangan Safo Nur qurilmasi tibbiyot fanlari doktori, professor Nariman G‘ulomovich G‘ulomov tomonidan New Medical Technologies MChJ kompaniyasining ilmiy-texnikaviy bazasida ishlab chiqildi.

Safo Nur qurilmasi Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zR sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarini tartibga soluvchi hujjatiga muvofiq foydalanishga ruxsat etilgan.

Qurilmaga O‘zbekiston Respublikasining patent idorasi tomonidan 23.05.2014 yilda berilgan IAP05259 sonli patenti, shuningdek Yevrosiyo, AQSh va Xitoy patent idoralari tomonidan tibbiy asboblarda viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va endosporalarni inaktivlashtirish uchun qurilma ixtirosiga patentlar berilgan.

Eslatib o‘tamiz: 2020 yil 1 martdan O‘zbekiston Prezidentining 5884-sonli Farmoni kuchga kirdi. Unga ko‘ra SES tibbiy klinikalar, kabinetlar, go‘zallik salonlarini nafaqat reglamentga muvofiq yarim yilda bir marta tekshiradi, balki jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida va ijtimoiy tarmoqlarda asosli ma'lumotlar mavjud bo‘lganida cheklanmagan miqdorda tekshirishi mumkin.  

O‘zbekiston Prezidentining 5884-sonli Farmoni kuchga kirganidan keyin har bir fuqaro klinikalar yoki go‘zallik salonlarida gigiyena va tozalik normalariga amal qilinmayotgani haqidagi asosli shikoyatlarini nazorat organlariga ma'lum qilishga haqli. Albatta, bunday shikoyatlarning oldini olish va o‘zingizga qarashli muassasani SanPiN normalari va talablariga muvofiq sterillash qurilmalari bilan ta'minlash maqsadga muvofiq.

Batafsil ma'lumot uchun:

Sayt: nmt.uz
Telefonlar:
+99898 3007392 (qo‘ng‘iroqlar uchun)
+99890 3512090 (Telegram uchun)

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top