21:55 / 12.03.2020
18405

Prezidentning Xorazmga safari, xonandalarni soliqqa tortayotgan DSQ, pandemiyaga aylangan koronavirus va kunning boshqa xabarlari

Yakunlanib borayotgan 12 mart, payshanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.

O‘ZBeKISTON XABARLARI

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga safar qilmoqda.

 

·       Shavkat Mirziyoyev «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasiga bordi

·       Prezident Xorazmda zamonaviy issiqxonalarni ko‘paytirish haqida topshiriq berdi

 

Dolzarb mavzular

·       UzAuto Motors nega faqat xaridorgir avtomobillar narxini oshirganini izohladi

·       Deputatlar va avtosanoatchilar savol-javobi: umidga arzirli voqeami yoki populizm?

·       Fazliddin Umarov: «QQS avtomobil narxi oshishiga ta'sir qildi deyilishi to‘g‘ri emas»

·       Qonunchilik palatasida yangi amaliyot joriy qilindi

·       Avtozavod ishlamasa, O‘zbekiston aholisi nima yo‘qotadi? UzAuto Motors vakili javob berdi

 

Iqtisodiyot

 ·       Oshpazlar va maklerlar ham soliqqa tortilishi mumkinmi? DSQ vakili izoh berdi

·        «Daromad 100 mln so‘mgacha bo‘lsa, qat'iy belgilangan soliq to‘lanadi». DSQ xonandalarni soliqqa tortish tartibini tushuntirdi

·       Bozorlardagi narx-navo ma'lum qilindi

·       O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi 30 mlrd dollardan oshdi

 

Jamiyat

·       Toshkent shahar bosh me'mori: bosh reja qachon tasdiqlanishi hozircha ma'lum emas

·       Botir Xolmatov: Prezident ko‘p qavatli uylar orasida qurilish qilishda aholi roziligini olish shartligini ta'kidlagan

·       Tuhmat va haqorat qilganlik bo‘yicha jinoiy javobgarlik yengillashtiriladi

·       O‘zbekiston «Qonun ustuvorligi» indeksida 92-o‘rinni egalladi

·       O‘zbekiston Musulmonlari idorasi fatvo masalasida yangi innovatsion saytni ishga tushirdi

 

Surishtiruvlar va reportajlar

·       «O‘z qobig‘imizda qolib ketganmiz» – Aziza Shonazarova AQShdagi ta'lim va O‘zbekistondagi plagiat haqida

·       Samarqand istirohat bog‘idagi talabalar ommaviy janjali nimadan chiqqani aniqlandi

·       Shahrixonda bir ko‘cha bor: suv yo‘q, yo‘l – «shudgor», elektrda hatto dazmol ishlatib bo‘lmaydi

·       Buxoroda turkiyalik haydovchini kaltaklagan shaxslarga jinoiy ish ochildi

 

JAHON XABARLARI

Rasman pandemiya deb e'lon qilingan koronavirus

·       Qozog‘istonda maktab ta'tillari e'lon qilindi, barcha ommaviy tadbirlar taqiqlandi.

·       Qirg‘izistonda koronavirus xavfi sababli ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi

·       Ozarboyjonda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi

·       Yevropada koronavirus yuqtirish holati qayd etilmagan birgina davlat qoldi

·       Turkiya hukumati sayyohlik mavsumini keyinroqqa ko‘chirishni tavsiya qildi

·       Eronda vitse-prezident va ikki vazirda koronavirus aniqlandi

·       Koronavirus: AQSh Yevropadan safarlarni bir oyga to‘xtatdi

·       Tom Henks rafiqasi bilan birga koronavirusga chalindi

 

Boshqa xabarlar:

·       Yana uchta davlat Rossiyaga qarshi «neft urushi» e'lon qilishni rejalashtirmoqda – OAV

·       Rossiya xalqi to‘laydigan badal: jahon iqtisodiy inqirozini kim va qachon boshladi?

·       Rubl qulashda davom etmoqda: dollar 75, yevro 84 rubldan oshdi

·       Londonda Nursulton Nazarboyevning qizi va nabirasiga tegishli ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yildi 

 

SPORT XABARLARI

·       Jalolov, Mirzaxalilov va Abduraimovda oltin – O‘zbekiston Olimpiadaga 7 bokschi bilan boradi

·       La Liga koronavirus xavfi tufayli kamida ikki haftaga to‘xtatildi

·       Koronavirusga chalingan Rugani o‘z ahvoli haqida xabar berdi

·       El Cholo «Enfild»ni tinchitdi, Neymar – bo‘sh stadion qahramoni. YeChLning ikki «jangi» haqida

·       YeChL. «Atletiko» dramatik bahsda «Liverpul»ni musobaqadan chiqarib yubordi, «PSJ» ham chorakfinalda

Top