01:51 / 13.03.2020
12688

Xitoyda 103 yoshli keksa ayol koronavirusdan 6 kunda sog‘ayib ketdi

Foto: Chutian Metropolis Daily

Uxanlik 103 yoshli ayol Chjan Guanfen koronavirusdan sog‘ayib ketdi. Ayol shifoxonada 6 kunlik davolashdan o‘tgach, uyiga ruxsat berilgan.   

Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. 

Ayol koronavirusdan sog‘ayib ketgan dunyodagi eng keksa kishi bo‘ldi. Unga 1 mart kuni Uxandagi Liyuan shifoxonasida koronavirusga chalinish tashxisi qo‘yilgan. Keksa ayol shifoxonaga tushganda og‘ir ahvolda bo‘lgan va shifokorlar bilan bazo‘r gaplasha olgan.

Ayolga qaragan shifokorning ta'kidlashicha, Chjan Guanfen surunkali kasalliklarga ega bo‘lmagani sababli tez sog‘ayib ketgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top