22:03 / 14.03.2020
6129

Iordaniya dunyoning barcha mamlakatlari bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi

Iordaniya koronavirus tarqalishining oldini olish uchun 17 martdan boshlab yuk tashuvlaridan boshqa barcha reyslar uchun o‘z aeroportlarini yopadi.

Foto : RIA Novosti

Bu haqda mamlakat bosh vazirining Twitter sahifasida xabar qilindi.

"Dushanba 16 martdan boshlab qator mamlakatlar bilan aviaqatnovlar to‘xtatiladi, 17 martdan boshlab esa qirollikka va qirollikdan yuk samolyotlaridan tashqari parvozlar to‘xtatiladi", - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Iordaniya hukumati boshqa mamlakatlar fuqarolari uchun quruqlik va dengiz chegaralarini ham yopdi.

Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari 17 martdan boshlab diplomatik pasport egalaridan tashqari barchaga viza berishni to‘xtatishi ma'lum qilingandi.  

Shuningdek, 14 martdan boshlab Turkiyaga Germaniya, Ispaniya, Norvegiya, Fransiya, Avstriya, Daniya, Shvetsiya, Belgiya va Niderlandiya fuqarolarining kirishi taqiqlandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top