10:13 / 16.03.2020
10456

Andijonda ijaraga olingan avtomashinalar boshqalarga sotib yuborildi

Uch nafar shaxs Lasetti va Nexia rusumli avtomashinalarni oyma-oy to‘lash sharti bilan ijaraga olib, egasining ruxsatisiz boshqa shaxslarga sotib yuborganlar

Foto: Tergov departamenti

2019 yilning sentabr oyida 36 yoshli B.T., 33 yoshli O.N. va 32 yoshli A.X. oldindan jinoiy til biriktirib, 37 yoshli J.I.ni aldab, uning ishonchiga kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxslar unga tegishli Lasetti va Nexia rusumli avtomashinalarni oyma-oy to‘lash sharti bilan ijaraga olishib, J.I.ning ruxsatisiz avtomashinalarni boshqa shaxslarga sotib yuborganlar. 

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-kismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top