08:54 / 16.03.2020
18211

Nodavlat ta'lim tashkilotlarining o‘quvchilariga ta'til berish tavsiya qilindi 

O‘zbekistonda nodavlat ta'lim tashkilotlarining o‘quvchi, talaba va o‘rganuvchilariga ta'til berish tavsiya qilindi.

Foto: Fotolia

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yig‘ilishi o‘tkazilib, bir qator qat'iy choralar belgilandi. Barcha davlat ta'lim muassasalari faoliyati to‘xtatildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi respublikadagi barcha nodavlat ta'lim tashkilotlarining o‘quvchi, talaba va o‘rganuvchilariga ta'til berishni tavsiya qildi.

Avvalroq, barcha OTM, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 16 martdan e'tiboran o‘qish to‘xtatilib, o‘quvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) ta'tilga chiqarilishi xabar berildi.

Shuningdek, 16 martdan O‘zbekistondagi barcha umumta'lim maktablari o‘quvchilari uchun ta'til e'lon qilindi. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top