14:01 / 17.03.2020
10958

18 mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

«O‘zgidromet» O‘zbekistonda 18 mart, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 20-22 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 21-26 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi. 

Top