19:51 / 17.03.2020
7563

Amazon koronavirus epidemiyasi sharoitida 100 ming yangi ishchi yollamoqchi

Amazon kompaniyasi AQShda koronavirus epidemiyasi sharoitida uylarida karantinda qolayotganlarga mahsulotlar yetkazib berish uchun ombor ishchilari va kurerlarni yollamoqchi. Hammasi bo‘lib 100 ming ishchi yollash rejalashtirilgan.

Foto: Glassador

Bu haqda The Verge nashri xabar berdi. AQShda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining virus tarqalishi oldini olish uchun uylarda qolish kerakligi haqidagi tavsiyalari uylarga tovarlarni yetkazib berishga talabning oshishiga olib kelgan. Shu sababli kompaniya 13 mart kuni mijozlarni yetkazib berishlarda ushlanishlar bo‘lishi mumkinligi va ba'zi tovarlar yo‘qligidan ogohlantirgan.  

Kompaniyada vaqtinchalik ish o‘rinlarini AQShning bir qator shtatlarida koronavirusga qarshi kurash doirasida yopilgan bar, restoran va kinoteatrlar xodimlari egallashiga umid qilinmoqda. Kompaniya yangi ishchilarni yollash va amaldagi xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida soatbay ish haqini oshirishga qaror qilgan. Misol uchun, AQShda soatbay ish haqi 2 dollarga, Buyuk Britaniyada 2 funt sterlingga, Yevropaning ko‘plab davlatlarida taxminan 2 yevroga oshiriladi. Kompaniya bu maqsadda 350 mln dollar ajratmoqchi.  

Shuningdek, Amazon o‘z ishchilari xavfsizligini ta'minlash uchun tibbiy mutaxassislar bilan maslahatlashuvlar olib bormoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top