16:18 / 17.03.2020
14584

Navoiy shahrida «Makro» savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi

Navoiy viloyatidagi «Makro» savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan birlamchi ma'lumot berildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

2020 yilning 17 mart kuni soat 14:15da Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Navoiy shahri I.Karimov ko‘chasidagi «Makro» savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan. 

FVV xabariga ko‘ra, yuzaga kelgan hodisa oqibatida majmuaning tashqi va bufet qismida 150 kv.m maydoni yongan. Mazkur xabar yuzasidan voqea joyiga boshqarmaning 7 ta yong‘in o‘chirish ekipaji yetib borgan. 

Yong‘in-qutqaruv guruhining olib borgan tezkor harakatlari natijasida yong‘in soat 14:35da to‘liq bartaraf etilgan. Shuningdek, 2130 kv.m. maydoni alangadan saqlab qolingan. 

Yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlanganlar qayd etilmagan. Holatning kelib chiqish sabablari va zarari aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top