09:34 / 17.03.2020
4639

Toshkentda issiq suv ta'minotini yaqin vaqt ichida o‘chirish rejalashtirilmagan 

Issiq suv ta'minoti faqat alohida hollarda, nosozliklarni bartaraf qilish uchun qisqa muddatga to‘xtatilishi mumkin 

Foto: Shutterstock

Toshkent shahrida issiqlik ta'minoti va issiq suv o‘chirilishining avval e'lon qilingan jadvali koronavirus tarqalishining oldini olish choralari sababli qayta ko‘rib chiqildi.

Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, yaqin vaqt ichida o‘chirilish rejalashtirilmagan. 

“Issiq suv ta'minoti faqat alohida hollarda, nosozliklarni bartaraf qilish uchun qisqa muddatga to‘xtatilishi mumkin”, - deyiladi ma'lumotda.

Bundan oldin, O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 8 nafarga yetgani xabar berilgandi. 

Top