12:42 / 18.03.2020
57630

AQSh O‘zbekistonga koronavirusdan himoya vositalarini topshirdi

USAID taqdim etgan shaxsiy himoya vositalari tarkibiga 10 000 ta qo‘lqop, 10 200 ta niqob, 1400 ta maxsus xalat va 200 ta ko‘zoynak kiradi. Ular butun O‘zbekiston bo‘ylab viloyat markazlari va shaharlarda tarqatiladi

Foto: uz.usembassy.gov

17 mart kuni AQSh elchixonasi yangi koronavirus kasalligi COVID-19 tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rishi uchun O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga ikkinchi xayriya yordami sifatida shaxsiy himoya vositalarini topshirdi.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) koronavirusdan zarar ko‘rgan yoki uning tarqalishi xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekiston uchun yuqumli kasalliklar bo‘yicha favqulodda zaxira fondidan qo‘shimcha mablag‘ ajratdi. AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum mamlakat tayyorgarligini yuqori baholab, COVID-19’ga tayyorgarlik ko‘rish va tegishli javob qaytarishda USAID O‘zbekistonni kelgusida ham qo‘llab-quvvatlashi va ko‘mak berishini ma'lum qildi.

“Yangi koronavirus kasalligi faqatgina hukumatlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik orqali bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan, global sog‘liqni saqlashga tahdid solayotgan kasallikdir”, - dedi elchi Rozenblyum. “AQSh hukumati ushbu global epidemiyaga tayyorgarlik va javob choralarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistondagi tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, - ta'kidladi elchi.

USAID taqdim etgan shaxsiy himoya vositalari tarkibiga 10 000 ta qo‘lqop, 10 200 ta niqob, 1400 ta maxsus xalat va 200 ta ko‘zoynak kiradi. Ular butun O‘zbekiston bo‘ylab viloyat markazlari va shaharlarda tarqatiladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top