00:32 / 18.03.2020
24971

«Yuventus»ning yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi 

Foto: Goal

«Yuventus» klubi yana bir futbolchisi koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berdi.

Yarimhimoyachi Blez Matyuidining COVID-19 uchun topshirgan testlari ijobiy natija berdi.

Fransiya milliy jamoasi a'zosi 11 martdan beri uyida izolyatsiyada edi. 

Bungacha Turin klubida himoyachi Daniele Ruganida ham ushbu kasallik aniqlangan edi.

Ma'lumot uchun, Italiya Xitoydan keyingi o‘rinda koronavirus pandemiyasining  asosiy markazi bo‘lib turibdi. Mamlakatda shu kungacha virus tufayli 2 mingdan ortiq kishi vafot etdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top