21:06 / 19.03.2020
22824

Rossiya rubli dunyoning ikkinchi raqamli eng beqaror valutasi deb topildi

Rossiya rubli koronavirus pandemiyasi va OPeKning neft hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuvi barbod bo‘lishi ortida dunyoning dollarga nisbatan eng nobarqaror valutalari reytingida 2-o‘ringa ko‘tarildi. 

Bundan Bloomberg axborot agentligi ma'lumotlari darak bermoqda.

Rossiya rublidan ham nobarqarorroq valuta Meksika pesosi bo‘lmoqda.

Ta'kidlanishicha, Rossiya valutasi dunyoning boshqa valutalariga nisbatan tobora barqarorsizlashib bormoqda: 2019 yil 30 dekabrda u eng nobarqaror valutalar reytingida 6-o‘rinni, 6 mart, OPeK kelishuvi barbod bo‘lishiga qadar 4-o‘rinni, 17 martda esa 3-o‘rinni egallagan. 18 mart kuni neft narxi 15 yillik minimumga tushib ketishi oqibatida dollar rublga nisbatan bir savdo sessiyasi davomida 5 rublga ko‘tarilgan.

Rublning kursi 2016 yil fevralidan beri ilk bor bir dollarga 80 rubl qiymatidan yuqorilab, 80,87 rublga yetgan. 

Top