23:25 / 20.03.2020
13107

Pompeo AQShning Eronga insonparvarlik yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma'lum qildi 

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo jurnalistlarga koronavirus epidemiyasi ortida Eronga insonparvarlik yordami ko‘rsatish sanksiyalar obekti hisoblanmasligini, AQShning o‘zi bunday yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma'lum qildi. 

Foto: Reuters

“Butun dunyo shuni bilsinki, Eronga insonparvarlik yordami ko‘rsatish mumkin. U sanksiyalar ostida emas. Eron uchun dori-darmonga, insonparvarlik yordamiga sanksiyalar yo‘q”, deb aytgan Pompeo. 

Davlat kotibining aytishicha, Vashington bunday yordam ko‘rsatilishi va u bilan bog‘liq to‘lov tranzaksiyalarini amalga oshirish uchun barcha ishni qilmoqda. Uning ta'kidlashicha, AQShning o‘zi ham Eronga shunday yordam taklif qilgan.   

“Ularda dahshatli muammo va biz bu tibbiy insonparvarlik yordami Eron xalqiga yetib borishi tarafdorimiz”, deb qo‘shimcha qilgan Pompeo.

Eronda ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 19,6 mingdan oshib ketdi, ulardan 1,4 ming nafari vafot etgan, 6,7 mingga yaqini sog‘ayib ketgan.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top