19:20 / 21.03.2020
124768

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 41 nafarga yetdi

Bundan oldin, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 37 nafarga yetgani xabar qilingandi. 

O‘zbekistonda tibbiy karantinda bo‘lganlar orasidan yana 4 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ayni paytga kelib ushbu infeksiya bilan kasallanganlar soni 41 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Bundan oldin, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 37 nafarga yetgani xabar qilingandi

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli to‘g‘risida ma'lumot bergandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus kasaliga chalingani aniqlangan bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir, barqaror. Ushbu kasallikka chalingan ilk bemorlar sog‘ayib bormoqdalar, ular o‘zlarini yaxshi his etishmoqda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top