14:16 / 21.03.2020
3745

Respublika bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 25,8 trln so‘mni tashkil etdi

Yirik korxonalarning tovar aylanmasi 3,8 trln so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasi 21,9 trln so‘mni tashkil etdi

Foto: Getty Images

Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar-fevral oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 25,8 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan 5,0 foizga o‘sdi. 

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 3,8 trln so‘mni (o‘sish sur'ati 5,8 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasi 21,9 trln so‘mni (o‘sish sur'ati 4,9 foiz), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 trln so‘mni (2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan 2,8 foizga kamaygan) tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar-fevral oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 25,8 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan o‘sish sur'ati 5,0 foizni tashkil etdi.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 21,8 foiz ulush bilan 5,6 trln so‘mni tashkil etdi. Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni Sirdaryo viloyati 1,9 foiz ulush bilan 478,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida deyarli barcha viloyatlarda o‘sish sur'atlari kuzatilib, asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari hissasiga (85,0 foiz) to‘g‘ri keldi. Yirik korxonalar savdo aylanmasi ulushida, korxonalar ulgurji savdoga o‘tib ketayotganligi sababli, o‘tgan oyga nisbatan keskin kamayish kuzatildi (15,0 foiz).

Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2020 yil yanvar-fevral oylari yakuniga ko‘ra, 21,9 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan 4,9 foizga o‘sgan. Jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 85,0 foizni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda, Sirdaryo (96,1 foiz), Qashqadaryo (95,4 foiz), Toshkent (91,4 foiz), Surxondaryo (91,4 foiz), Navoiy (89,4 foiz) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (89,7 foiz) yuqori bo‘lgan.

Top