22:25 / 23.03.2020
19732

Tashkilotlar harorati ko‘tarilgan xodim haqida xabar berishi shart qilib qo‘yildi

Ish joylarida xodimlarning tana harorati o‘lchanadi va tana harorati yuqori bo‘lgan xodimlar ish joyida bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan O‘zbekiston hududida 24 mart soat 00:01dan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi.

Idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar barcha tashkilotlar rahbarlari (ish beruvchilar) quyidagilarga rioya etishlari shart:

  • tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qo‘llagan holda kiritish tartibini joriy etish;
  • ish joylarida xodimlarning tana haroratini o‘lchash va harorati yuqori xodimlarni ish joyida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, ushbu xodimlar haqida sog‘liqni saqlash organlariga zudlik bilan xabar berish;
  • koronavirus yuqtirgan xodim bilan muloqotda bo‘lganlar haqida darhol ma'lumot berish, kasallangan shaxs bo‘lgan joylarni dezinfeksiyadan o‘tkazish choralarini ko‘rish;
  • xodimlarga izolyatsiya rejimida bo‘lishga oid talablarga rioya etishda ko‘maklashish.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top