18:39 / 24.03.2020
6779

Armanistonda strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan barcha korxonalar faoliyati to‘xtatildi

Armanistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun 16 martdan 14 aprelgacha favqulodda holat e'lon qilingan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 235 kishi ushbu kasallikka chalingan.

Foto: Sputnik

Armanistonda strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan barcha tashkilot va korxonalarning faoliyati 31 martga qadar to‘xtatiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari, favqulodda holat vaqtida respublika komendanti bo‘lib turgan Tigran Avinyanning buyrug‘ida ma'lum qilindi.

Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena vositalari, dori-darmonlar, yonilg‘i-moylash mahsulotlari, mudofaa mahsulotlari, energetika ishlab chiqarish va sotish kabi 56ta faoliyat yo‘nalishiga ishlashga ruxsat berilmoqda.

Shuningdek, yer, havo va quvur transporti, moliya, sug‘urta, televizion, telekommunikatsiya tashkilotlari faoliyati ham davom etadi.

Armanistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun 16 martdan 14 aprelgacha favqulodda holat e'lon qilingan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 235 kishi ushbu kasallikka chalingan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top