00:17 / 24.03.2020
79749

Plastik va qog‘ozda 5 kungacha: Koronavirus narsa-buyumlar yuzasida qancha vaqt yashaydi?

Infeksiya eng uzoq vaqt qog‘oz va plastik yuzada saqlanishi mumkin.

O‘zbekistonda allaqachon 40dan ziyod kishiga yuqqan koronavirusli infeksiya turli yuzalarda 5 kungacha saqlanib turishi mumkin ekan. Ukrainalik taniqli pediatr Yevgeniy Komarovskiy bu borada infografika e'lon qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, infeksiya qog‘oz va plastik yuzada eng uzoq vaqt davomida saqlanishi mumkin – 5 kungacha.

Shuningdek, u 4 kungacha yog‘och hamda shisha yuzada saqlanib turishi mumkin.

Virus alyuminiy yuzalarda 2 soatdan 8 soatgacha, jarrohlik qo‘lqoplarida 8 soatgacha, temir sirtlarda 48 soatgacha saqlanadi.

Yodda tuting: o‘zingizni saqlash uchun:

  • O‘RVI alomatlari bor insonlar bilan aloqada masofalaning — kamida 1,5 metrgacha;
  • yuzingizga, jumladan, ko‘z, burun va og‘zingizga teginmang;
  • mahsulotlarni olovda toblab iste'mol qiling — go‘sht, go‘sht mahsulotlari va tuxumni xomligicha yemang;
  • O‘RVIning birinchi alomatlari paydo bo‘lganda zudlik bilan oilaviy vrachingizga murojaat qiling.
Mavzu
COVID-19: Foydali ma’lumotlar
COVID-19 profilaktikasi, simptomlari, davo choralari va mutaxassislar tavsiyalari
Barchasi
Mavzuga oid
Top