22:02 / 27.03.2020
10300

«Bizda bir-birimizni nazorat qilish tizimi yaxshi ishlamaydi» – Nurmat Otabekov

O‘zbekistonning bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishlatilgan tibbiy niqoblar turli joylarda tashlab ketilayotgani, hamma ham niqob taqmayotganini qoraladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Bitta narsani yodimizdan chiqarmasligimiz kerak. Kimdir ishlatilgan niqob, shprits va boshqa tibbiy jihozlarni ko‘cha-ko‘yda betartib tashlab ketishga urinsa yoki kimdir ularni olsa, nafaqat tibbiyot muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati tizimidagi tashkilotlar, balki keng jamoatchilik ham bunga qat'iy munosabat bildirishi kerak.

Bizda bir-birimizni nazorat qilish tizimi, ming afsuski, unchalik yaxshi ishlamaydi. Biz hech qachon birovga: «Bunday qilma, niqobingni taqib ol, bunday yurma», degan e'tirozlarni aytishga o‘rganmaganmiz.

Aniqroq aytsak, kel, qo‘y, degan holatda iymanamiz xolos.

Aslini olganda, bu kabi fikrlarni har birimiz bildirishga o‘rganishimiz kerak», dedi Otabekov 27 mart kuni brifingda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top