13:10 / 28.03.2020
32864

Toshkentda Milliy gvardiya maxsus texnikalari yordamida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda

Poytaxtda koronavirusga qarshi chora-tadbirlar yanada kuchaytirildi

Foto: Milliy gvardiya

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa hamkor vazirlik va tashkilotlar poytaxtda dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishga kirishdi.

Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, bu bugun, 28 mart kunidan e'tiboran koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qilinmoqda. 

Dezinfeksiya ishlariga Milliy gvardiya bo‘linmalari maxsus texnikalari jalb qilingan bo‘lib, ishlar Toshkent shahri bo‘ylab – ko‘chalar, odamlar gavjum bo‘ladigan jamoat joylari, savdo markazlari, davlat idoralari va tashkilotlari atrofi hamda poytaxtga kirish va chiqish postlarida amalga oshirilyapti.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top