21:00 / 29.03.2020
23878
Reklama

Karantin taqdim etgan imkoniyat: kelajak uchun rejalarni qayta ko‘rib chiqish vaqti

Bugungi kunda deyarli butun dunyo, jumladan O‘zbekiston ahli ham karantinda o‘tirishga majbur. Karantin ba'zilarga bir jazodek ko‘rinayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo karantinning kasallik tarqalishiga to‘siq bo‘lib xizmat qilishidan tashqari yana ko‘plab foydali tomonlari mavjud.

Ekspertlar yo‘llarda avtomobillarning kamligi va ko‘chalarda piyodalarning deyarli yo‘qligi gavjum megapolislar ekologiyasiga ijobiy ta'sir qilganini ta'kidlamoqdalar.

Ilgari vaqt tanqisligi bois ko‘nglimiz tusagan mashg‘ulotlarga fursat topa olmasdik. Oldin biror manzilga yetib olishga ketgan, kerak-kerakmas ishlarga sarflangan vaqtimizni endi oilamiz bilan muloqotga, mutolaaga yoki sevimli mashg‘ulotimizga bag‘ishlashimiz mumkin. Ha, ko‘pchilik shunday qilyapti ham.

Psixologlar karantinni insonni qattiq charchatgan kundalik bir xil ishlardan bir zum tin olib, o‘tib borayotgan umr haqida, kutayotgan kelajak borasida tafakkur qilish, biz uchun aslida nima muhimligini anglab olish uchun imkoniyat, deb qabul qilishni tavsiya etmoqdalar.

Ba'zilar tushkunlikka berilayotan hozirgi vaqtda kelajak uchun optimistik rejalar tuzish, bugungi imkoniyatlar-u ertangi foydani tahlil qilish o‘ta muhim. Zero, to‘g‘ri tuzilgan rejalar ertangi yorug‘ kunlarda bizni yangi yutuqlar sari yetaklaydi. Axir karantindan keyin hammasi yana iziga tushishi, hayot jo‘shishi aniq-ku! Tabiiyki, yana belni bog‘lab zimmamizdagi vazifalarni bajarishga kirishamiz, to‘xtab qolgan qurilishlarni tezlashtiramiz, keyinga qoldirilgan tadbirlar taraddudiga tushamiz. Qayta ochilgan savdo markazlariga katta xaridlar uchun oshiqamiz. Bu harakatlarimiz besamar ketmasligi uchun mashaqqat bilan mehnat qilib, shu davrga qadar o‘z mahsulotlari ila ichki va tashqi bozorlarni bezagan tadbirkorlarning tovarlariga e'tibor qaratmoq yoxud solishtirib o‘rganmoq shu pallada ayni muddao. Dadillik bilan ayta olamizki, bunda sizga yordam beradigan ishonchli loyiha – MyShop.

MyShop kompaniyasi mana bir necha yildirki, o‘zining reklama xizmatlarini amalga oshirib kelmoqda. Xususan, kompaniya MY5 “Mening Yurtim” telekanali orqali efirga uzatiladigan dasturiga, 100 dan ortiq majmualardagi INDOOR reklama tarmoqlariga va “MyShop Journal” jurnaliga, shuningdek, maxsus koll-markaziga ega.

Karantin davrida, turli ma'lumotlarga yanada o‘ch bo‘lgan paytingizda MyShop’ning “Mening Yurtim” telekanali orqali 5 aprel sanasidan uzatiladigan yangilangan versiyasiga begim kunlari soat 13:35 va 19:35 da, yakshanba kuni esa soat 18:30 da efirda boshlanadigan  dasturlariga e'tibor qaratishingiz foydadan xoli bo‘lmaydi. Zero, dasturda namoyish etiladigan ilg‘or kompaniyalar mahsulotlarini solishtirish, sizga qay biri mosligini chamalash va bu borada savollaringiz bo‘lsa MyShop’ning maxsus koll-markaziga qo‘ng‘iroq qilib qo‘shimcha ma'lumotlar olish sizning ertangi shijoatli va xaridlarga boy hayotingiz uchun foyda keltirishdan boshqasi emas. Ertangi go‘zal hayotni qurish uchun kerak bo‘ladigan tovarlar ro‘yxatini bugun tuzib qo‘yganimiz ma'qul.

P.S. Karantinda bo‘lgan davringizda siz uchun mehnat qilishda davom etuvchi “My Shop Group” ciz va yaqinlaringizga tinchlik va omonlikni tilagan holda har birimiz uchun zarur bo‘lgan bu cheklovlar davrini ham imkoniyat deb bilishga chorlaydi!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top