20:08 / 30.03.2020
65022

Koronavirusning g‘ayrioddiy erta alomatlaridan biri aniqlandi

Barselonaning oftalmologiya markazi ICR xabariga ko‘ra, ba'zi holatlarda koronavirus erta bosqichlarda kon'yunktivit (ko‘zning kuchli qizarishi) keltirib chiqaradi.

Foto: IZVeSTIYa

Koronavirus havo-tomchi yo‘li orqali – infeksiya yuqtirib olgan odamning aksirishi yoki yo‘talishi natijasida yuzaga keladigan kichik tomchi zarralari orqali tarqaladi. Shuningdek, u virus yuqtirib olgan obekt bilan kontakt qilingandan so‘ng, og‘iz, burun yoki ko‘zni ushlaganda ham tarqalishi mumkin. 

ICR Tibbiy direktori Ignasi Yurgens ma'lumotiga ko‘ra, ba'zi tadqiqotlar virusning kon'yuktivit keltirib chiqarishini ham ko‘rsatmoqda. 

Shu tufayli, kon'yuktivit bo‘yicha oftalmologga murojaat qilgan, respirator kasalligi alomatlariga ega bo‘lgan, shuningdek, xorijda, ayniqsa, infeksiya tarqalgan hududlarda bo‘lgan odamlarning koronavirus yuqtirib olganini gumon qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha, nafas olishning qiyinlashishi, haroratning ko‘tarilishi, yo‘tal, ta'm va hid sezgilarining yo‘qolishi - COVID-19 xastaligini keltirib chiqaruvchi koronavirusni yuqtirib olganlikning alomatlari sifatida ta'kidlangan edi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top