11:00 / 01.04.2020
28317
Reklama

Bank kartalariga endilikda uyga yetkazib berish xizmati bilan birga onlayn buyurtma berish mumkin

Foto: Kapitalbank

«Kapitalbank» barcha turdagi plastik kartalarga masofadan turib buyurtma qabul qilgan holda, tayyor bo‘lgan plastik kartalarni uyga yetkazib berishni boshladi – ushbu funksiya bugungi yangilanish orqali «Kapitalbank» mobil ilovasining Apelsin mobil ilovasiga qo‘shilgan. Endilikda har qanday, hatto «Kapitalbank»ning mijozi bo‘lmagan xohlovchi ham o‘z telefoniga Apelsin'ni yuklab olishi va «Kapitalbank»ning istalgan bank kartasiga buyurtma berishi mumkin.

Karta uyga kurer orqali yetkazib beriladi. VISA kartalariga hozircha to‘rt mintaqada: Samarqand, Termiz, Buxoro va Toshkent shaharlarida buyurtma berish mumkin, HUMO kartalari faqat Toshkentda chiqariladi, Uzcard kartalarini esa «Kapitalbank» filiallari mavjud bo‘lgan barcha mintaqalarda: Toshkent, Urganch, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon, Samarqand, Andijon, Termiz, Buxoro va Nukusda olish mumkin. Hozirgi vaqtda bu funksiyadan android uchun mo‘ljallangan mobil ilova orqali foydalanish mumkin, “ayfon”lar uchun yangilangan Apelsin esa ikki haftada chiqariladi.

Bundan tashqari, ilova endilikda «rekvizitlar bo‘yicha to‘lov» funksiyasi yordamida pul o‘tkazish yo‘li bilan istalgan kvitansiyalar bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Ilgari buni faqat bank bo‘limida bajarish mumkin edi. Bugungi kunda esa pullarni tashkilot hisobvarag‘iga bevosita smartfon orqali – bankka bormasdan o‘tkazish mumkin. To‘lov amalga oshirilgach, ilova sizga mablag‘lar o‘tkazilganligini tasdiqlovchi raqamli memorial orderni beradi. Apelsin'ning «Kapitalbank» mijozlari hisoblanadigan, verifikatsiya qilingan foydalanuvchilari ushbu funksiyadan foydalanishlari mumkin. Hozirgi vaqtda «rekvizitlar bo‘yicha to‘lov» mutlaqo bepul. Hali «Kapitalbank»ning mijozlariga aylanmagan kishilar uchun esa oddiy tavsiya: istalgan «Kapitalbank» kartasiga onlayn buyurtma bering va uni uyingizda qabul qilib oling. Siz endi – bank mijozisiz, yangi kartani Apelsin'ga ulash orqali ilovaning barcha funksiyalaridan foydalana olasiz.

Apelsin'dan foydalanuvchilar shuningdek, o‘z kartalaridan, masalan restorandagi umumiy hisob uchun yoki hamkasbning tug‘ilgan kuniga sovg‘a olish uchun «pul tashlashlari» mumkin. Ilovada «mablag‘ to‘plash»ni ochish va to‘planishi kerak bo‘lgan summani belgilash mumkin. Bunda Apelsin maxsus havolani yaratadi, boshqa foydalanuvchilar u orqali o‘tib, o‘zlarining pul hissalarini «tashlashlari» mumkin bo‘ladi.

Agar pullarni kartadan kartaga o‘tkazish zarur bo‘lsa, endilikda buni nafaqat karta raqami, balki telefon raqami bo‘yicha ham amalga oshirish mumkin. Pullarni HUMO kartasiga o‘tkazish uchun esa, umuman hech qanday ma'lumotlarni kiritish shart emas – kartani smartfonga tegizish kifoya qiladi, qurilmaning o‘zi kartaning ma'lumotlarini kontakciz o‘qiydi. Yangi olingan HUMO kartasini ham shu tarzda Apelsin'ga qo‘shish mumkin.

Ilovadagi ayrim yoqimli kichik detallar haqida: ishlab chiquvchilar foydalanuvchilarning iltimoslariga ko‘ra «tungi» mavzuni va o‘z galereyasidagi suratni fonga qo‘yish imkoniyatini qo‘shib qo‘yishdi. Shuningdek, yangi relizda sodiqlik dasturi mavjud. Tafsilotlar tez orada e'lon qilinadi.

Ilovani yuklab oling: Apelsin

Reklama huquqi asosida

Top