19:21 / 01.04.2020
23151

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

Bugun, 1 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Afg‘oniston Islom Respublikasiga koronavirus kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy buyumlar va bolalar trikotaj mahsulotlari ko‘rinishida insonparvarlik yordami yuborildi.

Foto: KUN.UZ

Davlat rahbari nomidan birodar afg‘on xalqiga O‘zbekistonning do‘stona yordami sifatida yo‘lga tushgan ezgulik poyezdi – insoniyat uchun umumiy ofatga aylangan koronavirus bilan kurashish jarayonida birinchi navbatda zarur mahsulotlar asosida shakllantirilgan.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, tibbiy niqoblar, himoya kombinezonlari, kasallikni aniqlovchi teplovizor, pirometrlar singari tibbiy vositalar, un, yog‘, guruch va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari hamda birinchi darajali xo‘jalik tovarlar, shuningdek jafokash afg‘on bolalari uchun trikotaj mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yuki Angren-Toshkent-Termiz-Mozori-Sharif yo‘nalishi bo‘yicha yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston respublikasi prezidenti topshirig‘iga asosan, koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekkan Xitoy Xalq Respublikasi va Eronga insonparvarlik yordamini jo‘natilgan edi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top