22:11 / 04.04.2020
10585

«Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga 42 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ kelib tushdi

Shu bugungi kungacha Respublika «Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi hisob raqamiga jami 41 mlrd 722 million so‘m mablag‘i kelib tushgan. Bu haqda fond boshqaruvi raisi Asrol Mirzahmedov Kun.uz ga ma'lum qildi.

Foto : KUN.UZ

Boshqaruv raisiga ko‘ra, fondning hisob raqamlariga 4 aprel holatiga ko‘ra jami 41 722 285 912,92 so‘m miqdorida pul mablag‘lari kelib tushgan. Shundan, dori vositalariga 2 704 919 351.96 so‘m, shaxsiy gigiyenik himoya vositalariga 116 450 000 so‘m, tibbiy asbob-uskunalarga 75 000 000 so‘m sarflangan. Covid19 buyicha tibbiyot xodimlari uchun qo‘llanmaga 125 925 000 so‘m, kanselyariya mollariga 933 500 so‘m, tibbiy kislorodni jamlash va tarqatish stansiyasi qurish uchun 600 000 000 so‘m pul mablag‘lari sarflangan.

Ma'lumot o‘rnida, hozirda jismoniy shaxslarga ham fond hisob raqamiga pul o‘tkazishi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri imkoniyat yaratib berilgan. Undan tashqari «Uzcard», «Humo», «Visa» to‘lov tizimidagi kartalarga O‘zbekiston va Rossiya davlatlarining istalgan kartalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Payme», «Click» to‘lov tizimlari orqali pul o‘tkazish mumkin.

Shuningdek, yuridik shaxslar uchun: so‘m, yevro, rubl, AQSh dollari kabi 4 xildagi valutalarda fond hisobiga pul o‘tkazishlari mumkin. Ayni vaqtda pul o‘tkazuvchilarning katta qismini davlat va aksiyadorlik jamiyatlari, ishlab chiqaruvchi korxonalarning xodimlari tashkil qilib, oylik ish xaqlarining bir kunlik qismini o‘tkazib berishmoqda. Hozirga qadar 1000 dan ortiq firmalar fond hisobiga o‘z mablag‘laridan pul o‘tkazishgan.

«Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi mablag‘lari Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyasi va ko‘rsatmasi asosida sarf etilmoqda. Har bir qilinadigan xarajat «Covid19» koronavirusning tarqalishiga qarshi kurashayotgan shifoxonalarning moddiy texnik bazasini kuchaytirish va bemorlarning sog‘ligini tiklashi uchun yo‘naltirilishi to‘liq nazorat qilinadi.

Shu o‘rinda biz ham barcha xayr-saxovatli insolarimizdan ushbu xayriya aksiyasida faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

«Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondining hisob raqamlari:

20 212 840 9001 0173 4001 (AQSh dollaridagi)

20 212 978 0001 0173 4001 (Yevrodagi)

86 00 33 299 742 5800 - Uzcard (so‘m)

986 00 1010 240 5858 – Humo Card

4084 16000 0316334 – Visa (AQSh dollari)

“Ipoteka-bank”, Mehnat, MFO: 00 423, INN: 200 897 248.

Tel 71-245-34-05, 71-245-34-47, 71-245-38-59

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top