20:44 / 04.04.2020
17754

O‘zbekistonda avtomobillar uchun maxsus ruxsatnomalar berish vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda 4 aprel soat 18:00 dan boshlab avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomalar olish bo‘yicha arizalar qabuli vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi. Arizalarni qabul qilish 6 aprel kuni 18:00dan boshlanadi.

Ma'lumot berilishicha, 4 aprel soat 17:00 holatiga markazlarga 165 619 ta ariza kelib tushgan, ulardan O‘zbekiston bo‘yicha 23 546 ta ruxsatnoma berilgan, 81 241 tasi rad etilgan, 10 004 ta ariza oluvchilarning o‘zlari tomonidan qaytarib olingan.

Hozirgi vaqtda 60 832 arizani ko‘rib chiqish jarayoni davom etmoqda. Agentlik rad etilgan arizalarni qayta yubormaslikni so‘ragan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top