22:51 / 05.04.2020
4880

Singapurda maktab yopilishi haqidagi qarorni rasman e'lon qilinishidan avval tarqatgan er-xotin hibsga olindi

Singapur huquq-tartibot organlari maktablar yopilishi to‘g‘risidagi matbuot uchun mo‘ljallangan bayonot loyihasini rasman e'lon qilinishidan avval tarqatgan er-xotinni hibsga olishgan.

Foto: KUN.UZ

«37 yoshli ayol va uning 38 yoshli turmush o‘rtog‘i maxfiy hujjat almashinish to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun hisobga olindi», — deyiladi respublika politsiyasining bayonotida.

Huquq-tartibot organlari ma'lumotiga ko‘ra, davlat idorasida ishlovchi ayol 3 aprel kuni tushgacha koronavirus pandemiyasi tufayli maktablar yopilishi to‘g‘risidagi hukumat qarorining OAV uchun bayonot matnini olgan. Hujjatning nusxasini u o‘z eriga jo‘natgan, u esa tanishlariga tarqatib yuborgan.

Natijada bu axborot bosh vazir Li Sian Lungning rasmiy chiqishidan bir soat avval ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ulgurgani aytilmoqda.

Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, bunday huquqbuzarliklar ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek 2 ming singapur dollari (1,4 ming AQSh dollari) miqdorida jarima solinishi sabab bo‘ladi.

Singapur hukumati rahbari 3 aprel kuni millatga maxsus murojaat bilan chiqish qilib, koronavirus tarqalayotgani sababli choralar qat'iylashtirilishini ma'lum qildi. Maktablar yopilishidan tashqari, hayotiy zaruriyatga ega bo‘lmagan barcha faoliyat to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham koronavirus epidemiyasi tufayli choralar qat'iylashtirilgan. Chunonchi, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma'lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66,9 mln so‘mdan 89,2 mln so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top