22:03 / 06.04.2020
10666

Karantinda qolganda jismoniy holatni yaxshi saqlab qolish bo‘yicha tavsiyalar berildi 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropadagi ofisi rahbari Joao Breda uyda karantinda qolganda jismoniy holat va unumdorlikni yaxshi ko‘rinishda saqlab qolish bo‘yicha tavsiyalar berdi. 

Foto: Depositphotos

Breda birinchi navbatda kun davomida mashqlar bajarish uchun tanaffuslar qilishni tavsiya qilgan. “Bu sevimli qo‘shiq sadolari ostida raqs tushish, bolalar bilan o‘yinlar o‘ynash, uyni tozalash yoki bog‘ga qarash bo‘lishi mumkin”, deb aytgan mutaxassis. 
 
U, shuningdek, telefon orqali suhbatlashayotganda bir joyda qolmay, xona bo‘ylab yurishni va uzluksiz yarim soatdan ko‘proq o‘tirmaslikni tavsiya qilgan.

Breda insonga haftada 75 daqiqadan ko‘proq yuqori intensiv jismoniy yuklamalar yoki 150 daqiqa o‘rta intensivlikdagi faollik zarurligini eslatib o‘tgan. “Bu me'yorlarga uydan chiqmay, maxsus sport qurilmasisiz va chegaralangan hudud sharoitlarida ham amal qilish mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan mutaxassis.
 
JSST vakili, shuningdek, tuz, shakar va yog‘lar iste'molini kamaytirishga, biriktiruvchi to‘qimalar (kletchatka) iste'molini oshirishga chaqirgan. “Har safar taom qabul qilganingizda sabzavot, meva, dukkaklilar va yirik tortilgan g‘allali mahsulotlar, jumladan grechka iste'mol qilish lozim”, deb tavsiya qilgan Breda.
 
Bundan tashqari, ko‘proq suv ichish lozim va spirtli ichimlik ichishdan voz kechish kerak. “Spirtli ichimlik yordam bermaydi. Aksincha, bu har qanday shaklda iste'mol qilinganda psixikaga ta'sir qiluvchi, tobelik keltirib chiqaruvchi va sog‘liqqa zarar yetkazuvchi moddadir”, deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis.  
 
Breda karantin vaqtida ruhiy tetiklikni saqlash uchun yaqinlarni qo‘llab-quvvatlashni tavsiya qilgan.
 
Mutaxassisning ta'kidlashicha, virusga qarshi birgalikda kurashish o‘z shahri yoki tumanida birdamlik muhitini yaratadi.
 
Ta'kidlab o‘tish joiz, ayni vaqtda dunyo aholisining yarmi koronavirus pandemiyasi sababli u yoki bu darajada karantinda qolmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top