20:35 / 06.04.2020
78384

Olimlar koronavirusning zaif joyi aniqlanganini ma'lum qilishdi 

AQShning Skripps instituti olimlari koronavirusning yangi zaif joyini aniqlashdi. 

Foto: cont.ws

Bu haqda Science nashri xabar berdi.

Mutaxassislar tomonidan 2003 yilda atipik zotiljam – SARS’ga chalinib, undan sog‘ayib ketgan bemorning antitanalari o‘rganilgan. Olimlar ushbu antitanalar SARS viruslariga qarshi qanday kurashishini aniqlashmoqchi bo‘lishgan.

Ta'kidlanishicha, antitanalar kuchsiz bo‘lganiga qaramay, virusning zaif joyini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan. 

“Biz virus qobig‘i ostida yashiringan va u yuqish jarayonida o‘z strukturasini o‘zgartirganda kirish mumkin bo‘lgan zaif joyni aniqladik”, deb ma'lum qilgan tadqiqot mualliflaridan biri Men Yan.

Olimlarning fikricha, ularning kashfiyoti evaziga yaqin orada COVID-19 virusiga qarshi vaksina va dori yaratishga muvaffaq bo‘linadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top