10:50 / 09.04.2020
6327

Qozog‘iston muftiyati barcha musulmonlarni juma kuni koronavirusdan himoya qilishni so‘rab duoda bo‘lishga chaqirdi

Qozog‘iston muftiyati butun dunyo musulmonlarini 10 aprelda Allohdan insoniyatni koronavirus pandemiyasidan xalos etishni so‘rab umumiy duo qilishga chaqirdi. Bu haqda ushbu aksiyada ishtirok etadigan Tatariston musulmonlar diniy boshqarmasi ma'lum qildi.

«Tatariston musulmonlar diniy boshqarmasi Qozog‘iston muftiyatining insoniyatga xavf solayotgan koronavirusdan himoya qilishni so‘rab dunyoning barcha burchaklarida bir vaqtda duoda bo‘lish tashabbusiga qo‘shiladi», deyilgan xabarda.

Tatariston muftiysi Kamil Samigullinning ta'kidlashicha, unga bunday taklif bilan Qozog‘iston muftiysi Navruzbay hoji Utpinov murojaat qilgan.

«Qardosh xalq muftiysi islom dunyosining barcha diniy arboblari, madrasadagi domlalar, Qur'on hofizlari va butun musulmon ummatini barcha odamlar haqqiga bir vaqtda duoda bo‘lishga chaqirdi», deyilgan Samigullin bayonotida.

Tatariston muftiysi o‘z murojaatida «butun dunyodagi turli millatdagi musulmonlar yaratgandan yordam va rahm-shafqat so‘rashda birlashishlari lozimligi»ni aytgan. 

«Men Qozog‘iston musulmonlar diniy boshqarmasining kelayotgan juma kuni, 10 aprelda, peshin namozidan keyin dunyodagi barcha odamlar, xususan musulmonlar haqqiga bir vaqtda duoda bo‘lish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildim. Bu aksiya «Biz – birgamiz, bizda duo uchun umumiy maqsad bor» shiori ostida o‘tmoqda. Barcha diniy arboblarni va butun musulmon ummatini umumiy duoga qo‘shilishga va u haqda tanishlariga xabar qilishga chaqiraman», degan Samigullin.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top