09:41 / 10.04.2020
9523

Berni Sanders prezidentlik poygasidan chiqib ketishining sababini ma'lum qildi  

AQShning Vermont shtatidan senator Berni Sanders prezidentlik poygasidan asosan koronavirus pandemiyasi sababli chiqib ketishga qaror qildi.

Foto: AP Photo/Patrick Semansky

Bu haqda uning o‘zi MSNBC telekanaliga intervyusida ma'lum qildi.

“Fikrimcha, mening qarorimga AQSh senatori sifatida mamlakat pandemiya vaqtida to‘qnash kelgan mislsiz inqiroz hamda 17 mln kishi ishini yo‘qotgani ortida choralar ko‘rishim kerakligi ta'sir ko‘rsatdi”, deb aytgan senator. Sandersning ta'kidlashicha, u “iqtisodiy inqiroz vaqtida mehnatkashlarni himoyalash va barcha muhtojlarni tibbiy sug‘urta bilan ta'minlash uchun barcha imkoni bor ishni amalga oshiradi”.  

Sandersning ta'kidlashicha, uning ba'zi tarafdorlari sobiq vitse-prezident Jo Baydendan ovozlar bo‘yicha ancha ortda qolayotganiga qaramay, unga poygada ishtirokni davom ettirishni tavsiya qilishgan.

Senator 8 aprel kuni AQSh prezidenti lavozimiga kurashdan chiqishini e'lon qildi. The New York Times nashrining xabar berishicha, o‘sha vaqtda Sandersni demokratlarning 914 delegati, Baydenni esa 1217 delegati qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan. Nashrning ta'kidlashicha, bunday vaziyatda Sandersda Baydendan o‘zib ketishga deyarli imkon bo‘lmagan.

AQSh Demokratik partiyasining Bayden AQSh prezidenti lavozimiga nomzod sifatida e'lon qilinadigan milliy qurultoyi o‘tkazilishi avgust oyiga belgilangan. Dastlab u 13-16 iyulga belgilangan edi, biroq pandemiya sababli keyinroqqa qoldirilgandi. Prezident saylovlari o‘tkazilishi joriy yilning 3 noyabriga belgilangan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top