19:41 / 10.04.2020
9246

«So‘nggi 75 yillikdagi eng jiddiy sinov bilan to‘qnash kelishimiz mumkin» – BMT bosh kotibi

Birlashgan Millat Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish COVID-19 pandemiyasini dunyo tinchligiga tahdid o‘laroq baholamoqda.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish. Foto: Getty Images

The Guardian`ning yozishicha, Guterrish BMT Xavfsizlik kengashini pandemiya ijtimoiy tartibsizliklar va zo‘ravonlikni kuchaytirishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Uning fikricha, ijtimoiy tartibsizlik va zo‘ravonliklarning kuchayishi o‘z navbatida dunyo hamjamiyatining kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini ham pasaytirish mumkin.

«Bu – Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilganidan buyon o‘tgan 75 yillik davrdagi eng jiddiy sinov. Allaqachon xalqaro, mintaqaviy va milliy nizolarni hal etishda to‘sqinlik qilmoqda», – degan Guterrish.

BMT rahbari pandemiyani xalqaro tinchlik va xavfsizlik uchun jiddiy tahdid deb hisoblamoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya – favqulodda terror xurujlari, jamoat institutlariga ishonchning yo‘qolishi, iqtisodiy beqarorlik, saylov va referendumlarning kechiktirilishi oqibatida kelib chiqadigan siyosiy tanglikka ham sabab bo‘lishi ehtimol. Natijada inson huquqlari sohasida ham muammolar kelib chiqishi mumkin.

Bosh kotib o‘z bayonotida Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi nizolarning chuqurlashishiga e'tibor qaratgan. Bundan sal oldinroq Xitoy rasmiylari Tayvanni «virusdan mustaqillik uchun foydalanish»da ayblagan edi.

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top