14:58 / 11.04.2020
18810

COVID-19 pandemiyasi dunyo mamlakatlarida oilaviy mojarolar ko‘payishiga olib kelmoqda

Uyda qolish choralarini joriy qilgan mamlakatlarda oilaviy mojarolar soni keskin oshmoqda. 

Foto: Esra Hacioglu/Anadolu Agency

Ko‘plab mamlakatlarda yangi koronavirus tarqalishini sekinlashtirish maqsadida ijtimoiy himoyalanish choralari tatbiq etilmoqda. Xususan, Turkiyada 65 yoshdan kattalar va 20 yoshdan kichiklar uylarini tark etishi taqiqlangan bo‘lsa, boshqa yoshdagilarga ham imkoni boricha ko‘proq uyda qolish tavsiya etildi. 

Shu bilan birga, boshqa bir ijtimoiy muammoni keltirib chiqarmoqda. DW agentligining xabar qilishicha, garchi rasmiy raqamlar mavjud bo‘lmasa-da, Turkiyada uyda qolish bilan bog‘liq oilaviy mojarolar soni ortib bormoqda. Erkaklar odatdagidan ko‘proq uyda qolganliklari sababli, ayollar va bolalar ijtimoiy zo‘ravonlikka duch kelmoqda. 

Xabarda ta'kidlanishicha, oilaviy mojarolar koronavirus pandemiyasi tarqalishi bois butun dunyo bo‘ylab sezilarli ravishda o‘sgan. Jumladan, Xitoy, Ispaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada va Avstraliyada bunday holatlar keskin oshganligi aytilmoqda. 

Shu bilan birga, Italiyada oilaviy janjallar haqidagi telefon qo‘ng‘iroqlari soni 8-15 mart kunlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 55 foizga pasayganini Italiya parlament qo‘mitasi hisobotida keltiriladi. Biroq, bu oilaviy janjallar kamayganini anglatmaydi, aksincha, zo‘ravonlar qo‘ng‘iroq qiluvchiga shikoyat qilishga imkon bermasligi bilan izohlanadi. 

Fransiyada esa, uyda qolish choralari joriy etilganidan buyon oilaviy mojarolar soni 30 foizga ortgani qayd etilgan. Shu munosabat bilan hukumat mehmonxonalardan 20 ming o‘rinni band qilishga majbur bo‘lgan. Ispaniya ham shunday yo‘l tutishga qaror qilgan. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo 10 millionlab dollar mablag‘ni ayollar nodavlat nohukumat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratishga qaror qildi. Mart oyida Avstraliya hukumati ham shu muammoni bartaraf etish qo‘shimcha 100 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratgan. 

Bundan tashqari, Yaqin sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida ham oilaviy ziddiyatlar ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq raqamlar o‘sayotgani xabar qilinmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top