14:46 / 13.04.2020
7972
Reklama

«Asia Insurance» - ishonchlilik va jo‘shqinlikning 15 yili

13 aprel kuni «Asia Insurance» sug‘urta kompaniyasi 15 yoshga to‘ldi!

Kompaniyaning tug‘ilgan kuni – yakunlarni sarhisob qilish, jamoaning birgalikdagi mehnati natijalariga baho berish, shuningdek, yangi maqsadlarni qo‘yish va yangi loyihalarni boshlash uchun ajoyib imkoniyat.

Bu davr ichida nafaqat sug‘urtada, balki mamlakatda ham ko‘p narsa o‘zgardi. Ammo faqat bir narsa– sifatli sug‘urta xizmatini taklif qilishga intilish turg‘un bo‘lib qoldi.

Bu vaqt ichida kompaniyaning strategiyasi imkoniyatlarni kengaytirish, yangi mijoz va hamkorlarni jalb qilish, doimiy mijozlar bilan faol ishlash, shuningdek, sug‘urta bozori iste'molchilarining qiziqish va talablarini o‘rganishga qaratildi.

 

Kompaniya bozorda barqaror sug‘urtachi va o‘z mijozlari uchun ishonchli hamkor sifatida obro‘ orttirdi. Bugungi kunda kompaniya rahbariyati tomonidan bir qancha istiqbolli yo‘nalishlar ajratib olingan: hududiy tarmoqlarni kengaytirish, jismoniy shaxslar uchun mahsulotlar turini oshirish, kompaniya ishiga innovatsiya joriy qilish va texnika bazasini takomillashtirish.

Tashkil qilingan vaqtdan boshlab, kompaniya mamlakatdagi sug‘urta bozorini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda va o‘z faoliyati doirasini muntazam kengaytirmoqda.

Kompaniya hududlarda keng tarqalgan tarmoqqa ega bo‘lsa-da, aholi va tashkilotlarni sug‘urta xizmatlari bilan yanada kengroq qamrab olishga alohida e'tibor qaratmoqda.

Bugungi kunda kompaniyada 230dan ortiq malakali mutaxassislar ishlayapti. Bosh ofis Toshkent shahrida joylashgan. Sug‘urta xizmatlari markazlari, bo‘limlar va filiallar butun Respublika bo‘ylab xizmat ko‘rsatmoqda.

Kompaniya paxta-tekstil ishlab chiqarishining klaster tizimida ishtirok etmoqda va hosil yetilmay qolishi xatarini sug‘urtalamoqda. 2019 yilda «Asia Insurance» paxta-tekstil klasterlari bo‘yicha UZTEX kompaniyalari guruhi bilan shartnoma imzoladi.

Sug‘urta shartnomalarida ko‘rsatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarish kompaniyaning muhim vazifalaridan biri bo‘lgan va bo‘lib qolmoqda. Kompaniya mutaxassislari pretenzion faoliyatning sifatini yaxshilashga ham muhim e'tibor qaratishmoqda.

Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan hozirgi murakkab sharoitda ham biz masofadan ishlab, sug‘urta xizmatlarini kompaniya sayti, ijtimoiy tarmoqlar va telefon orqali ko‘rsatyapmiz. Kompaniya sug‘urta hodisalarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda ko‘rib chiqib, to‘lovlarni amalga oshirmoqda.

Mamnuniyat bilan qayd qilish lozimki, 2019 yilgi faoliyat monitoringi natijalariga asosan, «Asia Insurance» sug‘urta kompaniyasiga «Ahbor—Reyting» agentiligi tomonidan to‘lovga qobillik milliy shkalasi bo‘yicha uzA++ darajasida barqaror bashorat bilan reyting berildi. Bu sug‘urta kompaniyasi uchun to‘lovga qobillikning eng yuqori reytingidir.

Ammo «Asia Insurance» sug‘urta kompaniyasining eng asosiy qadriyati Respublika va uning tashqarisidagi do‘stlar, hamkorlar va mijozlar bo‘lgan va bo‘lib qoladi.

Kompaniya kollektivi barcha mijozlarga ishonch va rivojlanishga motivatsiya berayotgani uchun minnatdorchilik biladiradi.

Shuningdek, kompaniya hamkorlariga ishonch, aniq maqsad va yutuqlar uchun minnatdorchilik bildiradi.

Kompaniya rahbariyati barcha xodimlarga professionalizm, sadoqat, ijodiy ishtiyoq va ishga bo‘lgan mehri uchun minnatdorchilik biladiradi.

Reklama huquqi asosida

Top